
Mag‘lubiyat qimmatga tushdi. “Real”bir necha o‘yinchilar shartnomasini qayta ko‘rib chiqadi
“Real” Chempionlar ligasining yarim final javob uchrashuvida “Manchester Siti”dan qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi.
Bu ayrim o‘yinchilarga qimmatga tushadigan bo‘lyapti. Klub rahbariyati ayrim futbolchilar bilan shartnomani uzaytirish masalasini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi.
Onda Cero nashrining ma’lum qilishicha, 30 iyun kuni Toni Kroos, Luka Modrich, Marko Asensio, Dani Sebalos, Karim Benzema, Mariano Dias va Alvaro Odriosola kabi o‘yinchilarning shartnomasi yakunlanadi.
Klub rahbariyati Odriosola va Diasdan tashqari, qolgan futbolchilarga bir yillik bitim bermoqchi edi. Endi bu masala qayta ko‘rib chiqiladi.
Fikrlar