
Madridda hujumchi uch zarba bilan La Ligada tarixiy rekord o‘rnatdi
Ispaniya chempionatining 35-turida Madridning “Atletiko” jamoasi o‘z maydonida o‘tgan bellashuvda “Real Sosedad” futbolchilarini yirik hisobda mag‘lub etdi.
Uchrashuv davomida shvetsiyalik hujumchi Aleksandr Syorlotning to‘rtta goli mezbonlarga g‘alaba keltirdi.
Syorlotning dastlabki uchta goli futbolchi nomini tarixga yozdi. U to‘rt daqiqa ichida uchta to‘p kiritib, La Liga tarixida eng tez xet-trik qilgan futbolchiga aylandi. Syorlot ettinchi daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 10 va 11-daqiqalarda yana ikkita gol urdi.
Bundan tashqari, mohir hujumchi bellashuvning 30-daqiqasiga kelib, san-sebastyanliklar darvozasini to‘rtinchi marotaba ishg‘ol qildi.
Joriy mavsumda 28 yoshli hujumchi “Atletiko” safda barcha turnirlarda 46 ta o‘yin o‘tkazib, urgan gollari sonini 17 taga etkazib oldi.
Fikrlar