
Madrid super klubi O‘zbekiston terma jamoasiga gol urgan futbolchini sotib oldi
Ispaniya yoshlar terma jamoasi himoyachisi Mark Pubil "Almeriya"dan Madridning "Atletiko" klubiga o‘tdi. Bu haqda "Atletiko" matbuot xizmati xabar berdi.
"Mark Pubil endi "Atletiko Madrid" futbolchisi hisoblanadi. "Almeriya"dan o‘tgan o‘ng qanot himoyachisi tibbiy ko‘rikdan o‘tib, klubimiz bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Bo‘yi 190 sm bo‘lgan 22 yoshli futbolchi yaqinda bo‘lib o‘tgan Evropa chempionatida ishtirok etgan Ispaniya U-21 terma jamoasining o‘ng qanot himoyachisi hisoblanadi. U o‘tgan yozda Parij Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Santi Deniya boshchiligidagi Ispaniya olimpiya terma jamoasi tarkibida edi.
Shartnoma imzolangandan so‘ng va yangi uy bilan tanishgandan so‘ng, Mark Pubil Jonni Kardoso bilan birga Los-Anjeles-de-San-Rafaelga asosiy jamoaning mavsumoldi yig‘iniga qo‘shilish uchun yo‘l oldi. Mark, xush kelibsan!" - deyiladi klub xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi Parij Olimpiadasida Ispaniya hamda O‘zbekiston terma jamoalari guruh bosqichida to‘qnash kelishgandi. O‘shanda, Pubil vakillarimiz darvozasini 29-daqiqada ishg‘ol etgan edi.
Fikrlar