
Madrid klubi qanot himoyachisini transferga qo‘ymoqchi
"Atletiko" qanot himoyachisi Kiran Tripper qishda klubi ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin, deya xabar beradi ispan matbuoti.
Takidlanishicha, madridliklar rahbariyati angliyalikni 28 million evroga sotishni rejalashtirmoqda. "Matraschilar" Tripper o‘rniga "Napol" futbolchisi Almeida Xisayani olib kelmoqchi.
Tripperning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida tugaydi. Joriy mavsumda futbolchi Madrid klubi safida La Liga bahslarida beshta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar