Lyuk Shou: "Futbolchi sifatida javobgarlikni o‘z zimmamizga olishimiz kerak"

  • 22 may, 15:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa ligasi finalida "Manchester Yunayted" "Tottenxem"ga 1:0 hisobida imkoniyatni boy bergandan so‘ng jamoaning tarjirabli himoyachisi Lyuk Shou o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Bu juda og‘riqli. Bu mavsum etarlicha yaxshi emas. Menimcha, biz o‘zimizga "Manchester Yunayted" uchun chindan ham munosibmizmi?" degan savolni berishimiz kerak. Bu kechirish mumkin bo‘lmagan mavsum.

APLdagi o‘rnimiz va natijalarimiz ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan va doimo dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri bo‘lib kelgan "Manchester Yunayted" kabi klub uchun qabul qilib bo‘lmaydi. Hozir biz bundan ancha uzoqdamiz.

Biz, futbolchilar, mas’uliyatni zimmamizga olishimiz shart, chunki maydondan o‘rin olamiz va natijani inkor etish emas, balki ko‘rsatishimiz lozim. Bu mavsum etarlicha yaxshi bo‘lmadi" - deya ta’rif berib o‘tdi angliyalik himoyachi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!