Luka Zgurskiy: "Familiyamni "Bobur Arena"da eshitganim menga juda iliq taassurotlarni taqdim etdi"

  • 20 mart, 2024, 20:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” tarkibiga qishki selektsiya chog‘ida Moskvaning TsSKA klubidan qo‘shilgan iqtidorli hujumchi Luka Zgurskiy muxlislarda yaxshi taassurot qolirmoqda. Murabbiylar shtabi esa unga ishonch bildirmoqda. Luka “Burgutlar” safida o‘z o‘rniga ega bo‘lib boryapti.

Tecno

- Luka, dastlabki uchta uchrashuvdan keyin qanday taassurotlar qoldi?

- Taassurotlar ijobiy, chunki biz ochkolarni qo‘lga kirityapmiz va muxlislarga quvonch bag‘ishlayapmiz.

- Siz debyut golingizni ham urishga ulgurdingiz. “Bobur Arena”dagi muhitni qanday tasavvur qilgandingiz?

- Ha, professional futbolchilik faoliyatimda ilk golimni kiritdim va o‘z familiyamni “Bobur Arena”da eshitganim menga juda iliq taassurotlarni taqdim etdi. Ishqibozlardan yuz foizga teng madadni ko‘rarkanmiz, shunga munosib javob beradigan o‘yin namoyish etishga harakat qilamiz. Stadiondagi atmosfera ajoyib.

- “Surxon” bilan o‘yinda jamoa osonlik bilan g‘alaba qozonayotgandek taassurot paydo bo‘lgandi. Ammo so‘nggi daqiqalarda raqib ikkita gol urdi. O‘sha paytda xavotirlanmadingizmi?

- “Surxon”ga qarshi bahs oxirida diqqatimizni jamlashni qo‘ldan boy berdik va buning oqibatida ikkita gol o‘tkazib yubordik. Ammo, yaxshiyamki, o‘z imkoniyatimizdan foydalanishni uddaladik va Andijonga uch ochko bilan qaytdik.

- Nima uchun “Andijon”da 51-raqamni tanladingiz?

- 51-raqam menga yoqadi va uni o‘zimga olishga qaror qildim.

- Eshitishimcha, ikkita uchrashuvni onangiz stadionda kuzatdi...

- Ha, ikkita uchrashuvda oila a’zolarim bevosita stadionda bo‘lishdi va ularni  shu erda ekanligini ko‘rish menga juda yoqdi.

- “Andijon” safida bu yil qancha gol urishni rejalashtirgansiz?

- Gollarga kelsak, qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Asosiy maqsad - jamoaning g‘alaba qozonishiga hissa qo‘shish.

- O‘zbekiston chempionati sizni nimasi bilan ajablantiryapti?

- Bu erda chempionat saviyasi ancha yuqori. Ligadagi har bir klub dastlabki uchlikdan joy olishga munosib va albatta, mahalliy ishqibozlarning futbolga qattiq mehr qo‘yganini ko‘rish juda yoqdi.

- Jamoaga to‘liq moslashib oldingizmi?

- O‘ylaymanki, moslashish jarayoni ortda qoldi. Buning uchun jamoaning barcha a’zolari  - murabbiylar, futbolchilar va ma’muriy shtabiga minnatdorlik bildirib qolaman.

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!