
Luka Yovich: Tanlovim to‘g‘ri ekanligiga ishonaman
Madridning “Real” klubi bugun serbiyalik hujumchi Luka Yovichni rasman ommaga tanishtirdi. 21 yoshli futbolchi “qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tgach o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Men dunyodagi eng baxtli yigitman, chunki dunyoning eng zo‘r klubiga ko‘chib o‘tdim. Men “Real”ga sovrin yutishida ko‘maklashish uchun bor kuchimni ishga solaman. Tanlovim to‘g‘ri ekanligiga ishonaman”, - deydi Yovich.
Eslatib o‘tamiz, «Real» Yovichni «Ayntraxt»dan 60 mln evro evaziga sotib olgan edi. U madridliklar bilan 6 yillik shartnoma imzoladi.
Fikrlar