
Luka Modrich: "Bu kecha "Arsenal" bizdan yaxshiroq edi"
Kecha tunda UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi "Arsenal" va "Real" jamoalari maydonga tushdi. Karlo Anchelotti shogirdlari "Emirates" da 0:3 hisobida og‘ir mag‘lubiyatga uchradi. "Qirollik klubi" yarim himoyachisi Luka Modrich ushbu bahsi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Ikkita gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng biz kontsentratsiyani yo‘qotdik. Lekin bu futbol. Bu kecha "Arsenal" bizdan yaxshiroq edi", - dedi xorvatiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, "Real" va "Arsenal" o‘rtasidagi javob uchrashuvi 16 aprel, chorshanba kuni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar