Luis Fernandes PSJ muxlislarini Mikel Artetani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

  • 28 aprel, 14:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, UEFA Chempionlar ligasining yarim finalida Mikel Arteta boshchiligidagi "Arsenal" Luis Enrikening PSJci bilan kuch sinashadi. Ushbu bellashuvdan avval parijliklarning sobiq murabbiyi Luis Fernandes londonliklar mutaxassisi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Umid qilamanki, uni iliq kutib olishadi va Parijda o‘zini qanday ko‘rsatgani uchun unga mehribonlik qilishadi. U klubga hurmat bilan munosabatda bo‘lgan, formani sharaf bilan kiygan va doim to‘g‘ri xulq-atvor ko‘rsatgan.

Shuning uchun men "Park-de-Prens"ga keladigan muxlislardan uni baqir-chaqir bilan qarshi olmasliklarini so‘rayman. U albatta olqishlarga loyiq.

Albatta, ular "Arsenal"ga qarshi baqirishadi, ammo Artetani munosib tarzda qabul qilishlarini istardim" — dedi PSJning sobiq murabbiyi.

Ma’lumot o‘rnida, ispaniyalik murabbiy futbolchilik faoliyati davomida PSJ safida 31 ta uchrashuvda ishtirok etishga ulgurgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!