Lotar Matteus: "Ryudigerni uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilishadi"

  • 28 aprel, 15:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ispaniya kubogi finalida ikkinchi ekstra-taymning qo‘shilgan vaqtida bosh hakam Rikardo de Burgos Bengoechea "Real"ning hujumida Kilian Mbappe va "Barselona" himoyachisi Erik Garsiya o‘rtasidagi vaziyat tufayli o‘yinni to‘xtatdi. Bu vaziyat "Real" himoyachisi Antonio Ryudigerni asabiylashtirdi — u zaxira o‘rindig‘idan turib hakamga muz parchasi otdi. Bu harakati uchun Ryudiger maydondan chetlatildi.

"U aqlini yo‘qotdi, o‘zini mutlaqo nazorat qilolmadi. U Germaniya terma jamoasi o‘yinchisi, boshqalar uchun namuna bo‘lishi kerak. Ammo o‘yin paytida bundan butunlay farq qilgan.

Agar u faqat 4 haftalik maosh jarimasi bilan qutilib qolsa, omadi kelgan bo‘ladi. Men esa uni uzoq muddatga o‘yindan chetlatishlarini kutyapman. XXL darajasidagi sanktsiyalar bo‘lishi kerak, chunki u sinov muddatida edi" — dedi "Bavariya" va Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Lotar Matteus.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!