"Lokomotiv"ning g‘alaba goli muallifi: O‘sha vaziyatda omad ham keldi, deb hisoblayman

  • 21 aprel, 2021, 16:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichining birinchi turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Andijon" - "Lokomotiv" (1:2) bahsida g‘alaba golini kiritib, "temiryo‘lchilar"ga 3 ochko taqdim etgan Shuhrat Muhammadiev o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"O‘yin yaxshi bo‘ldi. Har ikki jamoa oxirigacha kurash olib bordi. Bilasiz, kubok o‘yini chempionat bahslaridan farq qiladi. Birinchi taymda biroz bo‘sh harakat qildik, lekin ikkinchi bo‘limda vaziyatni qo‘lga oldik.

"Andijon" menda iliq taassurot qoldirdi. Ular ham oxirigacha harakat qildi. O‘yindan oldin "Andijon"da futbolchilarni ruhlantirish kuchli bo‘lgan ekan.

G‘alaba to‘pini kiritganimdan xursandman. O‘sha vaziyatda omadim ham keldi, deb hisoblayman. Himoyachi bo‘lganim uchun menga ko‘proq golli to‘plarni uzatish yoqadi, ammo bu o‘yinda o‘zim ham gol urdim.

Kubok doirasida navbatdagi uchrashuvni o‘z maydonimizda "Turon"ga qarshi o‘tkazamiz. Mana shu bahsda ham g‘alaba qozonishga harakat qilamiz, - deydi Shuhrat Muhammadiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!