
"Lokomotiv" - "Dinamo" o‘rtasidagi o‘yin taqdirini yagona gol hal qildi
Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, «Dinamo» jamoasi Toshkentda yig‘in boshlab, dastlabki o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.
Klub matbuot xizmatining yozishicha, qiziqarli kechgan bahsda Anvarjon Hojimirzaevning 46-daqiqada kiritgan yagona goli Vadim Abramov shogirdlariga «temiryo‘lchilar» ustidan g‘alaba keltirdi – 1:0.
Ma’lumot uchun, «Dinamo» Superliga doirasida 20 sentyabr kuni Farg‘onada «Neftchi» mehmoni bo‘ladi.
O‘rtoqlik o‘yini. 9 sentyabr
«Lokomotiv» - «Dinamo» - 0:1
Gol: Anvarjon Hojimirzaev, 46.
Fikrlar