
"Liverpul" yarim himoyachisi faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin
"Liverpul" tayanch yarim himoyachisi Tayler Morton faoliyatini Liga 1'da davom ettirishi mumkin. Futbolchiga "Lion" klubi faol qiziqish bildirmoqda. Bu haqda L’Equipe xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, klublar Mortonning transferi bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshlab yuborgan. Mersisaydliklar rahbariyati o‘z futbolchisini Frantsiyaga bonus to‘lovlarisiz 9 mln evroga qo‘yib yuborishga tayyor. "Lion"da hozircha xaridning maqsadga muvofiqligi haqida o‘ylashmoqda, frantsuzlar uchun summa juda katta.
Shuningdek, "Lion" va Morton shaxsiy shartnoma borasida ham kelishuvga erishgani aytilmoqda.
O‘tgan mavsumda 22 yoshli angliyalik futbolchi "qizillar" safida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning narxi Transfermarkt tomonidan 7 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar