"Liverpul" Nunes uchun 50 millionning bahridan kechishga tayyor

  • 3 yanvar, 2023, 12:11
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vulverxempton" yarim himoyachisi Mateus Nunes "Liverpul"ning transferlar ro‘yxatiga kirgan.

Tecno

"The Telegraph" xabariga ko‘ra, mersisaydliklar 24 yoshli portugaliyalik futbolchining transferi uchun 44 million funt (50 million evro) to‘lashga tayyor. "Qizillar" o‘tgan yozda Mateusga qiziqish bildirgandi, ammo keyinroq futbolchi "Sporting"dan "Vulverxempton"ga o‘tishga qaror qildi. Bitim 45 million evroni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, Angliya premer-ligasining joriy mavsumida Nunes 14 ta o‘yinda maydonga tushib, bir golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "bo‘rilar" bilan tuzilgan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!