"Liverpul" muxlislari diqqatiga: Oksleyd-Chemberlen hech qaerga ketmaydi!

  • 20 sentabr, 2020, 16:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Aleks Oksleyd-Chemberlen “Liverpul”dan ketmaydi. Bu haqda The Athletic nashri muxbiri Jeyms Pirs xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, mersisaydliklar garchi Tiago Alkantara va Diogu Jota kabi yarim himoyachilar sotib olgan bo‘lsada, Oksleyd-Chemberlen baribir Yurgen Kloppning ishongan futbolchisi sifatida qoladi.

Bundan avvalroq, “Vulverxempton” Aleksni “Liverpul”dan sotib olmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!