
“Liverpul” Muhammad Saloh bo‘yicha yakuniy qarorga keldi
“Livepul”ning keyingi yillardagi egng zo‘r to‘purari Muhammad Saloh jamoa tarkibida oxirgi yilini o‘tkazayotganini aytgan edi.
Klub rahbariyati bu e’londan keyin darrov harakatga tushib qoldi. Mersisaydliklar misrlik futbolchidan voz kechishga tayyor emas. Shu bois, klub Saloh bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara boshlashga tayyorlanmoqda.
Taniqli jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, 32 yoshli hujumchining o‘zi ham klubda qolishga moyillik bildirmoqda. Yangi bosh murabbiy Arne Slot Muhammad Saloh ko‘rsatayotgan o‘yin va samaradorlikdan mamnunligini yashirmayapti.
Muhammad Saloh 2017 yili “Roma”dan olib kelinganidan beri “Liverpul” safida jami 352 ta uchrashuv o‘tkazib, 214 ta gol va 92 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar