"Liverpul" kamida oltita transfer qilishi kerak"

  • 5 aprel, 18:15
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Liverpul" afsonasi Jeymi Karrager Arne Slot jamoasini kuchaytirish uchun yangi futbolchilarni xarid qilish zarurligi haqida gapirdi.

Karragerning aytishicha, "Liverpul" tarkibiga qaraganda, yozda klubga kamida 6 nafar yangi futbolchi kerak bo‘lishi aniq bo‘lib qolmoqda:

 "Uch nafar yulduzning shartnomasi yakuniga etayotgan bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham kuchaytirish shart. "Liverpul"ga Robertson bilan raqobatlasha oladigan chap qanot himoyachisi kerak. Virjil van Deyk va Konate bo‘lmaganda muammo bo‘lmasligi uchun markaziy himoyachi ham zarur.

"Shuningdek, Grevenberx va Makallister bu mavsumdagidek haddan ortiq yuklama ostida bo‘lmasligi uchun markaziy yarim himoyachi kerak. Kreativroq va gollar urishga qodir hujumkor yarim himoyachi ham kerak – Soboslay keltirgan natijadan ortig‘ini bera oladigan. Nihoyat, g‘alabalarni Saloh kabi kafolatlay oladigan o‘ng qanot hujumchisi va markaziy forvard ham kerak,"- deya Karragerning so‘zlarini keltiradi "The Telegraph".

Karrager fikriga ko‘ra, ushbu transferlar "Liverpul"ni kuchaytiradi va jamoaning cho‘qqida qolishini ta’minlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!