
"Liverpul" etakchisidan quruq qolishi mumkin
Niderlandiyalik yarim himoyachi uchun kelgusi mavsum "Enfild"dagi so‘nggisiga aylanishi mumkin. Uning shartnoma muddati yaqinlashib kelayotgan mavsum yakunida nihoyasiga etadi. Jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp uni liverpulliklar uchun juda muhim futbolchi hisoblaydi:
"Shubhasiz, u juda ajoyib futbolchi. Veynaldum bizga kerakli futbolchimi? Uning qobiliyatlaridan kelib chiqsak, 100 foiz. Unda bizga kerakli bo‘lgan barcha narsa bor.
Mening jamoamga barcha narsada mas’uliyatli futbolchilar kerak. Jorjinoda ushbu jihat mavjud", - deydi Klopp.
Fikrlar