Lionel Messi yana bir sovringa loyiq ko‘rildi

  • 24 dekabr, 2022, 09:18
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Pari Sen-Jermen" yulduzi Lionel Messi Argentinada yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi.

Tecno

Ushbu mukofot mamlakat sport jurnalistlari uyushmasi tomonidan taqdim etiladi. Leo faoliyati mobaynida uchinchi bor bu nomga sazovor bo‘ldi.

Avvalroq, 2011 hamda 2021 yillarda ham Messi Argentinada yilning eng yaxshi sportchisi nominatsiyasini o‘ziniki qilgandi. 35 yoshli futbolchi "albiseleste" tarkibida Qatar mezbonligida o‘tgan Jahon chempionati g‘olibiga aylandi.

U joriy mavsum terma jamoa libosida 14 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 18 gol va 6 assist yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!