
"Lion" himoyachisi faoliyatini "Real"da davom ettiradi
"Lion" klubi himoyachisi Ferlan Mendi faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishga juda yaqin turibdi.
Soccer Link tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli futbolchining yangi jamoasi “Real” Madrid bo‘ladi. Tomonlar esa allaqachon ushbu transfer borasida kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra “qirollik klubi” Mendi uchun lionliklarga 40 mln evro to‘laydi.
Ma’lumot uchun, Mendi yakunlangan mavsum “Lion” safida jami 42ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan imzolagan shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan.
Fikrlar