
Li Sharp: "Pogba MYu afsonasi bo‘la oladi"
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Li Sharp klub Pol Pogbani jamoada olib qolishi kerak deb hisoblamoqda.
"Shaxsan men Pogbani klubda olib qolgan bo‘lar edim, u MYuning haqiqiy afsonasiga aylanishi mumkin. Uni klubning eng yaxshi futbolchilaridan biri, deb hisoblayman.
Pol eng yaxshi kunida jahonning top futbolchisiga aylanadi. Buni namoyish etish uchun esa uning atrofida o‘yin tashkil qilishingiz va uni tushunadigan bir ikki futbolchi xarid qilishingiz kifoya bo‘ladi.
Ammo yana bir jihati bor. Agar Pogba MYudan ketishga qaror qilgan bo‘lsa, unda qilayotgan ishlaringiz samara bermaydi. Chunki sening qo‘l ostingda norozi futbolchi bor.
Pogba barcha o‘ylayotgandek jamoaga yomon ta’sir qilmoqda deb hisobdaymayman. Shunchaki, futbolchilar undan to‘g‘ri bo‘lishni kutishmoqda va bunda esa qandaydir muammo ko‘rmayapman", - deydi Sharp.
Fikrlar