
Levandovskining rafiqasini jangga chaqirishdi
“Barselona” hujumchisi Robert Levandovskining turmushsh o‘rtog‘i karate bilan professional darajada shug‘ullanadi. Bundan tashqari, polshalik xonimning alpinizmdagi muvaffaqiyatlari ham chakki emas.
Endi Annani aralash jang san’atlari – MMA seriyalarida ishtirok etishga chorlashmoqda. Polsha MMA seriyasi rahbari Slavomir Peshko Levandovskilar oilasiga ikki yillik loyiha taqdim qildi.
- Peshko menga ikki yillik loyiha taklif qildi. Men Robert bilan maslahatlashishim kerakligini bildirdim.
Biroq, avval ham turmush o‘rtog‘imga, u bilan oila qurmaganimda, albatta, o‘zimni janglarda sinab ko‘rishimni aytganman, - dedi Anna.
Fikrlar