
Lempard ikki shogirdidan voz kechdi
“Chelsi” tarkibni yangilash maqsadida qator futbolchilarni transferga qo‘ymoqda.
Xususan, Frenk Lempard ishonchini oqlayolmay qolgan Temue Bakayoko yozgi transferlar mavsumida “Lion”ga o‘tib ketadigan bo‘ldi. Frantsiyaliklar yarim himoyachi uchun “Chelsi” so‘ragan summani berishga tayyor. Bu 25-34 million evro orasidagi summa bo‘ladi.
Bakayoko yakunlangan mavsumni ijara asosida “Monako” jamoasida o‘tkazdi. Uni keyinchalik sotib olish huquqi bilan “Milan” ijaraga olishni mo‘ljallagan.
“Chelsi”ning markaziy himoyachisi Trevo Chaloba ham omadini Frantsiyada sinab ko‘radi. 21 yoshli inliz himoyachisiga quyi ligadan yuqori divizionga qaytdan “Loryan” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Trevoning o‘zi London qolib, asosiy tarkibga kirish uchun kurashmoqchi. Lekin Frenk Lempard unga imkon bermoqchi emas.
Chaloba so‘nggi ikki mavsumni “Ipsvich” va “Xaddersfild” jamoalarida ijarada o‘tkazib, Chempionshipda jami 79 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar