
Legionerimiz nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi!
Rossiya Milliy futbol ligasida “Baltika” sharafini himoya qilayotgan 34 yoshli himoyachimiz Vitaliy Denisov hali futbolchilik faoliyatini davom ettirishi va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishi kerakligini ta’kidladi.
Tajribali futbolchimiz www.vseprosport.ru sayti jurnalistiga bergan intervyusida quyidagilarni gapirdi.
- “Baltika”dagi ishlarim qanday? Men yomon emas, degan bo‘lardim. Lekin umuman boshqa natijani maqsad qilganman. Maydondagi harakatlarim bilan nimalarga qodirligimni o‘yinda ko‘rsatishni istayman. Xususan, aynan shuning uchun bu erga kelganman.
To‘rtta uchrashuv, nega hozircha o‘yin amaliyotim ancha kam? To‘g‘risi, buning sababini bilmayman. Bunaqa savol bosh murabbiyga berilishi kerak. Ajoyib sport formasidaman va o‘ynashga tayyorman, jamoaning yuqori saviyaga chiqishida oldimizdagi vazifalarni uddalashga yordam berishga hozirman.
Faoliyatimni hozirgi vaziyatda yakunlash niyatim yo‘q. Futbol o‘ynashni istayman va o‘zim suygan ish bilan shug‘ullanishda davom etaman. “Baltika” muxlislarini xursand qilishni istayman, albatta, boshlang‘ich tarkibda maydonga tushib.
Men bu mavsum kaliningradliklar safida boshlang‘ich tarkibda o‘yinga tushdim va munosib saviyada o‘ynashga bor kuchim bilan harakat qildim. Men o‘zimni yaxshi formada ushlab turish, murabbiyga o‘z pozitsiyamda eng zo‘ri ekanimni isbotlash uchun mashg‘ulotlarda ter-to‘kishni davom ettiryapman, - dedi Vitaliy Denisov.
Vitaliy Denisov yurtimizdagi mashhur futbolchilar oilasi vakili. Uning otasi Gennadiy Denisov sobiq Ittifoq davrida “Paxtakor”da 371 ta uchrashuvda qatnashib, himoyachi bo‘lishiga qaramay, raqiblar darvozasiga 31 ta to‘p kiritgan. Bir mavsumda Moskvaning TsSKA klubi sharafini himoya qilib, “armiyachilar” safida 19 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Gennadiy Denisov mustaqillik yillarida xorijga ketgan ilk legionerlarimizdan hisoblanadi. U 1992-1994 yillar davomida Vladikavkazning “Spartak” jamoasida 77 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol ham urgan. Rossiya chemponati kumush medal sohibi. Rossiyadan qaytganidan keyin yana ikki yil “Navbahor”da o‘ynab, faoliyatini shu klubda yakunladi. O‘zbekiston terma jamoasida besh bor maydonga tushgan.
O‘zbekiston chempionatida bir kun ham to‘p tepmagan Vitaliy Denisov esa, Rossiyada TsSKA, “Spartak-Nijniy Novgorod”, “Lokomotiv”, “Krilya Sovetov”, “Rubin”, “Rotor”, “Tom” va “Baltika” sharafini himoya qilgan. Ukrainada “Dnepr” jamoasi safida besh yil o‘ynab, 135 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini ikki bor ishg‘ol etgan.
Faoliyatini asosan Rossiya va Ukrainada o‘tkazgan Vitaliy Denisov sovrin jamg‘arishda otasidan o‘zib ketdi. Umuman olganda, Vitaliy Denisov Rossiyada o‘ynagan futbolchilarimiz orasida eng ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritgan o‘yinchi hisoblanadi.
Otasi o‘ynagan jamoa – TsSKA tarkibida UEFA kubogi va ikki marotaba Rossiya kubogi sohibi bo‘ldi. “Lokomotiv” safida bir martadan Rossiya chempionati oltin va bronza medallari bilan taqdirlandi, ikki marta mamlakat kubogida zafar quchdi.
Vitaliy Denisov O‘zbekiston milliy terma jamoasi libosida 72 ta uchrashuvda maydonga tushgan va bitta gol urgan. Tajribali himoyachimiz 2003 yilda O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan. Uch marta Rossiya chempionatining eng yaxshi 33 futbolchisi ro‘yxatidan joy olgan.
Denisovning hozirgi jamoasi – “Baltika” Rossiya Milliy futbol ligasida ishtirok etmoqda. Kaliningrad shahri sharafini himoya qilayotgan 14-turdan so‘ng, 17 ochko bilan 12-pog‘onada bormoqda. Denisov jamoasi 3 oktyabr kuni navbatdagi turning so‘nggi bahsida “Olimp-Dolgoprudniy” futbolchilarini qabul qiladi.
Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.
Shomurodovga Ispaniyadan zo‘r taklif chiqdi. Eldor “Roma”dan ketadimi?
“Real”ni enggan Yaxshiboev jamoasi qancha maosh oladi?
“Roma” Evropa Chempionlar ligasida... Shomurodovning orzusi ushaladimi?
Mourino tanqid qilgan Shomurodov necha ballga loyiq ko‘rildi?
Yaxshiboev gol urgan uchrashuvdan keyin “realchilar” uchga bo‘lindi!
Yaxshiboevga Rossiya grandlaridan taklif bo‘lishi kutilmoqda
O‘runov “qariyalar” ichida qolib ketdi
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua Yaxshiboev va Tillga tan berdi: Gollarning ijrosi mukammal edi!
Fikrlar