
Legionerimiz Mbappeni ortda qoldirdi, oldinda Levandovski va Xoland kabi hujumchilar bor (foto)
Evropa futbolida eng yaxshi to‘purarga taqdim etiladigan "Oltin butsa" sovrini uchun kurash avj pallasiga kirib bormoqda.
Ayni paytda norvegiyalik Amal Pellegrino boshqarayotgan ro‘yxatda bir nechta mashhur nomlarni ko‘rish mumkin. Quvonarlisi, Belarusning "Energetik-BGU" klubi sharafini himoya qilayotgan Bobir Abdiholiqov ham ushbu sovrin uchun da’vogarlik qilyapti.
23 ta gol urgan legionerimiz xuddi shuncha ochkoga ega va u mazkur natijasi orqali onlayn jadvalda 4-o‘rinda bormoqda. Quyida "Oltin butsa" kuchli o‘nligi bilan tanishish imkoniyatiga egasiz.
Fikrlar