
"Latsio" Slovakiya terma jamoasi himoyachisini sotib oldi
Rimning "Latsio" klubi Slovakiya terma jamoasi himoyachisi Denis Vavro bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra rimliklar 23 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolashgan. Uning transferi esa 10 mln evroga tushgani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Vavro o‘tgan mavsum “Kopengagen” safida Daniya chempionatida 35ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta golga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar