
"Latsio" Rimda "Zenit"ni engdi. Immobiledan dubl (video)
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 4-turida “Latsio” o‘z maydonida Rossiyaning amaldagi chempioni hisoblangan “Zenit”ni qabul qildi.
Italiya poytaxtidagi bellashuv gollarga boy bo‘ldi. Yakunda 3:1 hisobida mezbonlar g‘alaba qozondi. Rimliklarning gollariga Chiro Immobile (3', 55') va Marko Parolo (22'), piterliklarning yagona goliga Artyom Dzyuba (25') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar