
"Latsio" prezidenti dahshatli sirni ochdi!
"Latsio" klubi prezidenti Klaudio Lotito jamoaning serbiyalik yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichni 140 mln evro evaziga "Manchester Siti"ga sotmaganini aytdi.
"Sergey sotilmaydi, biz uni juda qadrlaymiz. Men uni hech qachon transferga qo‘ymaganman. Milinkovich-Savichni sotib olish uchun, biz uni sotishga qaror qilishimiz kerak. Aynan shuning uchun men uni 140 million evro evaziga ham sotishni xohlamadim", - dedi Lotito Goal.com nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli Milinkovich-Savich joriy mavsum "Latsio" safida jami 45 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Rim klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar