Laporta: "Real"ga minnatdorchilik bildiraman

  • 14 yanvar, 21:43
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Real Madrid"ning Dani Olmoni ro‘yxatga olish masalasidagi pozitsiyasi haqida fikr bildirdi.  

Tecno

Avvalroq xabar qilinganidek, "Real" prezidenti Florentino Peres Olmoni ro‘yxatga olishga qarshi chiqmagan, chunki u "Barselona"ni strategik hamkor sifatida ko‘radi.  

"Biz maydonda ashaddiy raqib bo‘lishimiz mumkin, ammo maydon tashqarisida klublarning manfaatlarini himoya qilishimiz kerak. Ko‘pchilik bizga qarshi chiqmagan, buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Biz faqat qonun doirasida harakat qilamiz, shuning uchun bu jarayonda muvaffaqiyat qozonishimiz mumkin", — dedi Laporta matbuot anjumanida.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq La Liga "Barselona"ga Dani Olmo va Pau Viktorni mavsumning ikkinchi qismiga ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat bermagan edi. Biroq, kataloniyaliklar bu masalada sport sudi orqali muvaffaqiyatga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!