
Laporta Kumanga kimlarni maydonga tushirishni uqtirdi
“Barselona” prezidenti Joan Laporta bosh murabbiy Ronald Kumandan himoyachi Samyuel Umtiti va yarim himoyachi Riki Puchni ko‘proq maydon tushirishni talab qildi.
Niderlandiyalik murabbiy 22 yoshli Puch agar mashg‘ulotlarda asosiy tarkibda to‘p tepishga tayyorligini isbotlay olsa, uning xizmatlaridan foydalanishini ta’kidladi.
Kuman frantsiyalik himoyachi Umtitining mashg‘ulotlarda qattiq mehnat qilayotgani va o‘z formasini tiklash uchun kurashayotganini tan oldi. Biroq, murabbiy bu futbolchi ham asosiy tarkibda muqim o‘ynash uchun jismoniy imkoniyatlarini etarli darajada yaxshilay olishi kerakligini aytmoqda.
Yozda har ikki futbolchi ham jamoadan ketishi kerakligi aytilgandi. Biroq, Joan Laporta ularga imkoniyat berish kerak, deb hisoblamoqda.
Fikrlar