
Laporta Flik bilan shartnoma uzaytirilishi haqidagi savolga oydinlik kiritdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 2027 yilgacha shartnoma imzolaydi. Bu haqda klub prezidenti Joan Laporta ma’lum qildi:
"Biz Flik bilan kelishib oldik. Shartnoma 2027 yilgacha uzaytiradi. Hozircha rasman imzolanmadi, lekin Xans doim so‘zida turadi" — dedi Laporta.
Eslatib o‘tamiz, germaniyalik mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida tugashi kerak edi.
Ma’lumot o‘rnida, Flik boshchiligidagi "Barselona" 2024/2025 yilgi mavsumda:
– La Ligani yutdi
– Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi
– Chempionlar ligasi yarim finalida "Inter"ga mag‘lub bo‘ldi (3:3, 3:4).
Fikrlar