
Laporta Ansu Fati bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoa tarkibidagi yosh futbolchi Ansu Fatining kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Biz Fatini o‘ynashi tarafdorimiz. U libos almashtirish xonasida hurmatga sazovor va La Masiya tarbiyalanuvchilari qatori sevimli futbolchilarimdan biri. Lekin Ansu doimiy ravishda o‘ynashi kerak.
Kelajakda ispaniyalik vinger va “Barsa” uchun foydali bo‘ladigan qaror qabul qilish uchun biroz vaqt kerak" — deya ta’rif berib o‘tdi "ko‘k-anorranglilar" prezidenti.
22 yoshli futbolchi joriy mavsumda "blaugranaliklar" safida barcha musobaqalarda bor-yo‘g‘i 11 ta o‘yinda ishtirok etdi. Lekin ushbu uchrashuvlar davomida bironta gol yoki golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ya olmadi.
Fikrlar