"Lans" himoyachisini sotmaydigan bo‘ldi

  • 10 yanvar, 20:09
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lans" Kevin Dansoni "Fenerbaxche"ga sotmaydigan bo‘ldi. Bu haqda "Footmercato" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Nashrning ma’lum qilishicha, Frantsiya klubi himoyachiga bo‘lgan taklifni qabul qilmadi. Joze Mourino boshchiligidagi "Fenerbaxche" 26 yoshli himoyachiga 16 million evro taklif qilgan. Biroq, klub avstriyalik futbolchini mazkur summaga qo‘yib yuborishga rozilik bermadi.

Turkiya klubi hozirda mazkur transfer bo‘yicha harakatlarni to‘xtatgan. Jamoa himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida boshqa variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, himoyachining "Lans" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmiga qadar amal qiladi. Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi 25 million evroga baholanmoqda.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!