La Liga uchrashuvlariga qachondan muxlislar kiritila boshlaydi?

  • 24 iyun, 2021, 19:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya sog‘liqni saqlash vaziri Karolina Dias La Liganing yangi mavsum birinchi turidan boshlab, ya’ni avgust oyida muxlislar stadionlarga qaytishini tasdiqladi.

Tecno

“Avgust oyida La Liganing boshlanishi bilan muxlislarning stadionlarga kirishiga ruxsat beriladi”, - dedi Karolina Dias.

Deportes Cuatro xabariga ko‘ra, dastlab stadionlarning maksimal bandlik darajasi 75 foizni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, ortda qolgan mavsum Ispaniya chempionatida "Atletiko" g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikdan "Real" va "Barselona" joy oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!