La Liga. "Atletik" "Rayo Valekano"ni taslim etgan bo‘lsa, "Xetafe" "Sevilya"dan ustun keldi

  • 26 avgust, 02:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi 2-turning so‘nggi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 
 
Ernesto Valverde boshchiligidagi bilbaoliklar o‘z uyida Madridning "Rayo Valekano" klubini qabul qilib, minimal 1:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvdagi yagona golni esa 66-daqiqada Sanset 11 metrlik jarima zarbasidan kiritdi. 
 
"Xetafe" esa safarda "Sevilya" bilan to‘qnash keldi va 2:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. 
 
Eng qiziq tomoni shuki, o‘yindagi barcha golni mehmonlar futbolchisi o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Dastlab Liso 15-daqiqada jamoasini oldinga olib chiqdi. 45-daqiqada esa jamoa himoyachisi Iglesias o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va hisob tenglashdi. Biroq, ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida Liso dublni rasmiylashtirdi va jamoasining 3 ochko olishini ta’minladi.
 

Tecno

  • Ispaniya - La Liga
  • Joriy Mavsum

Atletik Bilbao

  • Oihan Sancet 66'
Tugadi
1 : 0

25.08.2025 22:30

Rayo Valekano

  • Ispaniya - La Liga
  • Joriy Mavsum

Atletik Bilbao

  • Oihan Sancet 66'
Tugadi
1 : 0

25.08.2025 22:30

Rayo Valekano

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!