La Liga. 7 ta gol urilgan o‘yinda "Atletiko" g‘alaba qozondi

CHERY AUTO

"Atletiko" La Liganing 32-turida "Valyadolid"ni o‘z maydonida qabul qilib, 5:2 hisobida zafar quchdi. 

Tecno

Dastlab, 20-daqiqada Molina hisobni ochgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay Ximenes oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 38-daqiqada Morata ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Javob gollarini Larin va Eskudero kiritdi. O‘yin so‘nggida Fernandes o‘z darvozasini ishg‘ol qildi va qo‘shib berilgan daqiqalarda Depay o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yib, hisobni 5:2 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa, "Atletiko" 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Endilikda, "matraschilar" "Real"dan 2 ochko ortda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!