La Liga. 38-tur "Real"ning qaysi futbolchilari uchun oxirgi uchrashuv bo‘lishi ma’lum

  • 20 may, 2022, 20:19
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" juma kuni "Santyago Bernabeu"da mavsumdagi oxirgi uy uchrashuvini o‘tkazadi. Bu ko‘plab futbolchilar uchun Madrid klubi safidagi so‘nggi o‘yin bo‘ladi.

Tecno

O‘sha kuni Garet Beyl va Isko kabi futbolchilar bilan xayrlashuv oqshomi o‘tkaziladi, deb xabar berdi Mundo Deportivo. Bu ro‘yxatga Marselo, Marko Asensio, Dani Sebalos va Mariano Dias ham qo‘shilishi mumkin. Shuningdek, Eden Azar va Luka Yovich kabi yana bir qancha futbolchilarning kelajagi noaniq.

Eslatib o‘tamiz, "Real" muddatidan avval La Liga chempionligini rasmiylashtirdi. 28 may kuni madridliklar "Liverpul"ga qarshi EChL final uchrashuvini o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!