
Kvalyarella A Seriyada noyob rekord o‘rnatdi (video)
"Sampdoriya" klubi forvardi Fabio Kvalyarella Italiya A Seriyasida noyob rekord sohibi bo‘ldi.
Aniqrog‘i, kecha "Udineze"ga (2:1) qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuv 36 yoshli futbolchi uchun chempionatdagi yubiley 450-o‘yin bo‘ldi. E’tiborlisi, u ushbu natijani qayd etgan va hozirda faoliyat olib borayotgan ilk futbolchi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Kvalyarella joriy mavsum A Seriyada 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning "Sampdoriya" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar