
Kutib oling, Jek Della Maddalena - yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni!
Hozirgina "UFC 315" turniri o‘z nihoyasiga etdi.
Uning asosiy to‘qnashuvida Belal Muxammad va Jek Della Maddalena o‘zaro jang qildi. Shiddatli va murosasiz kechgan bahsda Maddalenaning qo‘li baland keldi. U barcha raundlarda raqibidan ko‘ra faolroq harakat qilib, yakunda yarim o‘rta vazndagi chempionlik kamariga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur qarama-qarshilikdagi natija Islom Maxachevning yarim o‘rta vaznga o‘tish ehtimolini oshirdi.
Fikrlar