
Kutganmidingiz? "Bunyodkor" rahbariyatida o‘zgarish sodir bo‘ldi
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi rahbariyatida o‘zgarish sodir bo‘ldi.
"Qaldirg‘ochlar" matbuot xizmati bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, shu kunga qadar klub direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida ishlab kelgan Haydarov Aziz Saidrahimovich o‘rniga “Bunyodkor” stadioni binolari va inshootlaridan foydalanish direktsiyasi” direktori Haqberdiev Sherzod Murodovich “Bunyodkor” futbol klubi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Avvalroq, saytimiz orqali bu haqda xabar bergandik.
Fikrlar