
Kurash. Bugun "Tilla bola" Jahon chempionligi uchun gilamga chiqadi
Bolgariyaning Sofiya shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi.
Dastlab erkin kurash ustalari o‘rtasida kechgan birinchi kun bahslari yakunida -65 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Umidjon Jalolov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, yana bir vakilimiz bronza medali uchun o‘tish bosqichida ishtirok etadi.
Final:
-65 kg: Umidjon Jalolov – Ziraddin Bayramov (Ozarbayjon)
Bronza medali uchun o‘tish bosqichi:
-57 kg: Azizbek Naimov – Ahmad Muhammadnejadjavon (Eron).
Fikrlar