
"Kristal Pelas" hujumchisining qulog‘iga 25 ta chok tushdi
Jan-Filipp Matetaning qulog‘iga 25 ta chok tushdi va u shifoxonaga yotqizilgan.
"Kristal Pelas" klubi hujumchisi "Milluoll" bilan Angliya kubogi 1/8 finali doirasidagi uchrashuvda (3:1) olgan jarohatidan so‘ng yaqin vaqtlar ichida shifokor nazoratida bo‘lishini aytdi.
Gap shundaki, 7-daqiqada mehmonlar darvozaboni Liam Roberts to‘pni egallab olish uchun jarima maydoni tashqarisiga chiqdi. U sakragan holda, to‘pni tepdi, ammo uning oyog‘i Matetaning boshiga ham tegdi.
Darvozabon to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi, Mateta esa zudlik bilan kislorod niqobini talab qildi va maydonni zambilda tark etdi.
Fikrlar