
"Krilya Sovetov" - "Ural" 0:1 (video)
Bugun Rossiya Premer-ligasi 25-turidan o‘rin olgan "Krilya Sovetov" hamda "Ural" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
"Samara Arena"da kechgan uchrashuvda mehmonlar minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi. "Krilya" safida hamyurtimiz Vitaliy Denisov bahsni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa maydonda faol harakatlandi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan golni tomosha qilishingiz mumkin:
Shu tariqa, samaraliklar hisobidagi ochkolar soni 27 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida 13-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar