Kovington: "O‘sha kalamush men bilan jangdan qochyapti"

  • 12 dekabr, 2024, 14:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Yarim o‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Kolbi Kovington qozog‘istonlik Shavkat Rahmonov haqida gapirdi.

Tecno

“Bu kalamush jangdan qochyapti. Men Dana Uaytga qo‘ng‘iroq qilib, Shavkat bilan kurashish imkoniyatini so‘radim. U esa ikki engilmaslar - Shavkat Rahmonov va Ian Garri to‘qnashuvini rejalashtirganini aytdi. Shu bois menga Xoakin Bakli bilan bahsni taklif qildi. Tabiiyki, rozi bo‘ldim. Endi esa kelayotgan haftada Baklining g‘alabali seriyasini yakunlab, yana chempionlik uchun kurashga kirishaman. Ana o‘shanda qozog‘istonlik menga qarshi jangga majburan rozi bo‘ladi”, — deb Kovington so‘zlaridan iqtibos keltirdi "Submission Radio".

Eslatib o‘tamiz,  Kolbi Kovington (17-4) va Xoakin Bakli (20-6) to‘qnashuvi 14 dekabr kuni "UFC on ESPN 63" turnirida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!