
Koutino o‘z vataniga qaytishi mumkin
"Aston Villa" futbolchisi Filippe Koutino o‘z vataninga qaytishi mumkin. Unga Braziliyaning "Korintians" klubi qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda "Mail Sport" nashri.
Yarimhimoyachining o‘zi avvalroq bunday xabarlarni inkor qilgan va Evropada faoliyatin davom etirishi haqida gapirgandi. Klubga yangi bosh murabbiy kelishi bilan uning maydondagi daqiqalari kamaygan.
Ma’lumot uchun, Koutino ushbu mavsum barcha chempionatlarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta ham golda ishtirok etmadi.
Fikrlar