Koutino “Barsa” bilan katta muzokaraga tayyorlanmoqda

  • 18 aprel, 2022, 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ijara asosida “Aston Villa”da o‘ynayotgan Filippe Koutino mavsum yakunlanishi bilan “Barselona” rahbariyati bilan muzokara boshlamoqchi. Braziliyalik pleymeyker ular bilan kelajagini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. 

Tecno

The Mirror nashrining xabariga ko‘ra, braziliyalik hujumkor futbolchining “Aston Villa” safida ajoyib o‘yin namoyish qilayotganiga qaramay, uning kelajagi mavhumligicha qolmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar katta maosh olayotgan o‘yinchini boshqa jamoaga sotib yuborishni istayapti. Klub “Aston Villa” Koutinoni xarid qilishiga umid qilmoqda.

Biroq, “Aston Villa” rahbariyati kataloniyaliklar talab qilayotgan transfer summasi qoniqtirgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!