
"Konya-2021". O‘zbekistonlik sportchilar navbatdagi kunda nechta medal qo‘lga kiritdi?
Turkiyaning Konya shahrida Islom birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.
Kecha vakillarimiz bir qator sport turlarida o‘z omadini sinab ko‘rdi. Ulardan ba’zilari chempionlik nashidasini surgan bo‘lsa, aksariyat sportchilarimiz medal bilan taqdirlandi. Quyida ularning to‘liq ro‘yxati bilan tanishish imkoniyatiga egasiz.
Sport gimnastikasi. Rasuljon Abdurahimov, Abdulla Azimov, Habibullo Ergashev (jamoaviy dastur) - kumush. Abdurahimov yakkalik bellashuvlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Kurash. Magomed Ibragimov -97 kg vazn toifasida - bronza. Ixtiyor Navro‘zov -74 kg vaznda - bronza. -57 kg vazn toifasidagi vakilimiz G‘ulomjon Abdullaev barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ayollar kurashi. Dilfuza Aimbetova -59 kg vazn toifasida - bronza. Jasmina Immaeva -50 kg vazn toifasida - kumush.
Para suzish. Ixtiyor Ortiqov 50 metrga chalqancha usulda suzish bo‘yicha - kumush. Azizbek Boynazarov 100 metrga chalqancha suzish bo‘yicha - kumush.
Taekvondo. Ulug‘bek Rashitov -68 kg vazn toifasida - oltin. Niyaz Pulatov -63 kg vaznda - bronza.
Engil atletika. Farida Soliev 400 metrga yugurish bahslarida - kumush. Nargiza Qo‘chqorova nayza uloqtirish sektorida 56,08 metr natija bilan uchinchi bo‘ldi va bronza medaliga ega chiqdi.
Fikrlar