
Konte "Tottenxem"ga qaytdi
Antonio Konte "Tottenxem"ga qaytdi. London klubi matbuot xizmati italiyalik mutaxassisning mashg‘ulotlardan olingan suratini e’lon qildi. "Xush kelibsiz xo‘jayin", - deb yozilgan suratga.
Italiyalik murabbiyda xoletsistit tashxisi qo‘yilgach, Konte o‘t pufagini olib tashlash bo‘yicha operatsiya qilingan edi. "Shporlar" ustozi londonliklarning 1:0 hisobida g‘alaba qozongan "Manchester Siti"ga qarshi APLning so‘nggi o‘yinini o‘tkazib yubordi.
Konte shogirdlari navbatdagi o‘yinini 11 fevral kuni mehmonda "Lester"ga qarshi o‘tkazadi. Ayni damda ingliz grandi APL turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar