Konte “Tottenxem” chempionlik uchun qachon kurashishini aytdi

  • 31 avgust, 2022, 14:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik murabbiy Antonio Konte oldiga “Tottenxem”ni sovrinlar uchun kurashadigan jamoaga aylantirish vazifasi qo‘yilgan. O‘tgan mavsumda bu mutaxassis jamoani Chempionlar ligasiga olib chiqdi.

Tecno

Antonio Konte jamoa chempionlik poygasiga qo‘shilishi uchun yana ikkita transfer mavsumi talab etilishini ma’lum qildi.

Garchi “Tottenxem” dastlabki to‘rtta tur yakuniga ko‘ra, 10 ochko bilan kuchli uchlikdan joy olgan bo‘lsa-da, italiyalik mutaxassis butun mavsum davomida “Liverpul” va “Manchester Siti” bilan raqobatlashish uchun ichki imkoniyatlar etarli emasligini ta’kidladi.

- Mavsumni eski o‘yinchilar bilan boshladim. Chunki ularning imkoniyatlarini yaxshi bilaman. Yangi kelganlar bilan ishni bir yarim oy avval boshlaganmiz. To‘rtta uchrashuvda erishgan natijamiz qarorim to‘g‘ri bo‘lganini ko‘rsatdi.

Avvalgi mavsum bilan solishtirganda tarkibimiz kuchaygan. Lekin top jamoalar bilan tengma-teng raqobatlashish uchun oziga vaqt, sabr-toqat va kamida yana ikkita transfer mavsumi kerak bo‘ladi, - dedi Antonio Konte.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!