
Konte PSJdan taklif oldi
Italiyalik mashhur mutaxassis Antonio Konte faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 49 yoshli murabbiyga PSJ qiziqish bildira boshlagan. Parijliklar xatto unga rasmiy taklif bilan ham murojaat qilishgan. Biroq, u yana A Seriyaga qaytishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kontega "Milan", "Inter" va "Roma" kabi Italiya grandlaridan qiziqishlar bor. Biroq, bundan avvalroq u “Manchester Yunayted”da ishlamoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
So‘nggi paytlarda qayd etilayotgan qoniqarsiz natijalar PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxelning “kursisini qimirlatib” qo‘ydi.
Fikrlar